IlmHamroh

Loyiha haqida

IlmHamroh — o'zbek tilida, bepul va ro'yxatdan o'tmasdan o'qiladigan darslar platformasi. Maqsad oddiy: sifatli ta'lim til to'sig'isiz va pulsiz hammaga yetib borsin.

7
kurs
107
bo'lim
1534
dars

Kim yaratgan

Platformani Sarvarbek Sodiqov yaratgan va yuritadi — kod, dizayn va kurslar tuzilishi bitta muallif qo'lida. Loyiha tijorat kompaniyasi emas: reklama yo'q, pulli obuna yo'q.

Sarvarbek — Toshkentlik full-stack dasturchi. 2026-yil maydan beri ManaJoy marketplace'ida frontend dasturchi; Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida axborot xavfsizligi yo'nalishida o'qiydi, Najot Ta'limning 8 oylik Full-Stack kursini tugatgan. Ish tashqarisida 14 ta loyihani o'z serverida jonli yuritadi — ulardan bir nechtasi ta'lim sohasida (CEFR imtihonga tayyorlov, LMS, jonli dars).

IlmHamroh'ning dasturlash kursidagi mavzular — Next.js, NestJS, PostgreSQL, Docker va deploy — muallif har kuni ishlatadigan texnologiyalar; bu saytning o'zi ham shular bilan qurilgan.

Kontent qanday tayyorlanadi

Darslar sun'iy intellekt yordamida yoziladi, so'ng muallif tomonidan tekshiriladi: misollar ishga tushirib ko'riladi, grammatika va tarjimalar solishtiriladi. Xato topsangiz — dars ostidagi izohda yoki Telegram kanalda yozing, tuzatamiz.

Nima bor

  • Darslar oxirida qisqa test — o'qiganingizni darhol tekshirasiz.
  • So'z kartalari va takrorlash (spaced repetition) — yodlanganlar esdan chiqmaydi.
  • AI yordamchi — dars bo'yicha savolingizga o'zbekcha javob beradi.
  • Hisob ochsangiz: progress, kunlik maqsad va streak saqlanadi.

Kurslar

Bog'lanish

Yangi darslar, taklif va savollar uchun Telegram kanal:

@ilmhamroh
Loyiha haqida — IlmHamroh