Mundarija (32)
- Bu darsda
- 1. Nega bu kerak?
- 2. Uncontrolled maydon
- 2.1 defaultValue va name
- 2.2 FormData — butun forma bir martada
- 3. Brauzer validatsiyasi
- 3.1 required, pattern, min — tekin tekshiruv
- 3.2 O'z xabaringiz: noValidate va validity
- 4. React 19: form action
- 4.1
- 4.2 useActionState — natija va kutish holati
- 5. Tuzoq: action'dan keyin forma o'zi tozalanadi
- 5.1 Xato bo'lsa ham
- 5.2 Yechim: qiymatni state orqali qaytarish
- 5.3 form.reset() va defaultValue
- 6.1 O'lchov
- 6.2 Kanondagi yechim
- 7. Vazifalar qadami: FormData, eksport va import React'da
- 7.1 Yangi vazifa — FormData
- 7.2 Import — uncontrolled textarea
- 7.3 Eksport — controlled, lekin faqat o'qish uchun
- 7.4 Tekshiruv va commit
- 8. Ko'p uchraydigan xatolar
- 9. Mashqlar
- 1-mashq (oson): FormData natijasi
- 2-mashq (o'rta): "Fikr bildiring" formasi
- 3-mashq (qiyin): Bron — useActionState bilan, matn yo'qolmasin
- 4-mashq: Vazifalar qadami
- 10. Real ishda
- Xulosa
- Manbalar
Formalar II: uncontrolled inputlar, FormData va React 19 form action
Qisqacha: Qiymat faqat yuborishda kerak bo'lsa, state shart emas: maydon uncontrolled qoladi (
defaultValue,name), yuborilganda esanew FormData(form)bilan hammasi bir martada o'qiladi. Brauzerning o'z tekshiruvi (required,pattern,min) ham ishlaydi. React 19 da
funksiyagaFormDatani o'zi beradi,useActionStateesa natija va "kutilmoqda" holatini boshqaradi. Lekin action tugagach React formani o'zi tozalaydi — tekshiruv xato topsa ham. Shuning uchunvazifalardagi yangi vazifa formasionSubmit+FormDatabilan yozilgan: biz buni o'lchab ko'rdik.
Bu darsda
- Uncontrolled maydonni
defaultValuevanamebilan yozasiz. FormData,Object.fromEntriesvagetAllbilan formani bir martada o'qiysiz.- Brauzer validatsiyasini React formasida ishlatasiz va
form.reset()tuzoqlarini taniysiz. vazifalarda yangi vazifa va import formalariFormDataga o'tadi, eksport va import React'ga ko'chadi.
Oldin bilishingiz kerak: Formalar I: controlled inputlar, FormData, Brauzer validatsiyasi.
1. Nega bu kerak?
Oldingi darsda har maydonni state'ga bog'ladik. Bu kuchli, lekin narxi bor: har maydonga useState, value, onChange. Har harfda qayta render. «Bahor» ning "Fikr bildiring" formasini ko'raylik: ism, telefon, baho, izoh. Unda yozilayotganda hech narsa hisoblanmaydi va tekshirilmaydi — forma yuborilganda bir marta o'qiladi va serverga ketadi. To'rtta useState bu yerda ortiqcha ish.
FormData darsida vanilla JavaScript'da shunday qilgan edik: maydonlarga name beramiz, submit da new FormData(form) hammasini yig'adi. Brauzer qiymatlarni o'zi saqlaydi — u bunga yaxshi. React bu yo'lni ham qo'llab-quvvatlaydi. React 19 esa unga yangi qulaylik qo'shdi — form action.
Hayotiy o'xshatish: anketa. Controlled forma — har javobni yozayotganingizda yoningizda turib, ovoz chiqarib takrorlab boradigan kotib. Uncontrolled forma — anketani to'ldirib, oxirida topshirasiz, kotib esa uni bir martada o'qiydi. Ko'p hollarda ikkinchisi yetadi.
2. Uncontrolled maydon
2.1 defaultValue va name
Uncontrolled input — qiymati DOM'da (brauzerda) saqlanadigan maydon. React unga faqat boshlang'ich qiymatni beradi:
import { useState } from "react";
function App() {
const [sent, setSent] = useState(null);
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault(); // sahifa qayta yuklanmasin
const data = new FormData(e.currentTarget);
setSent(data.get("name"));
return (
Ism
Yuborish
{sent === null ? "Hali yuborilmadi" : `Rahmat, ${sent}!`}
}Ekranda:
Ism Yuborish
Rahmat, Malika!useState faqat natija uchun — maydon uchun emas. Malika yozayotganda React hech narsa qilmaydi, qayta render ham yo'q. Yuborilganda:
| Qadam | Maydon qiymati (DOM'da) | sent |
Ekranda |
| boshida | "" |
null |
Hali yuborilmadi |
| "Malika" yozildi | "Malika" |
null |
Hali yuborilmadi (render yo'q) |
| «Yuborish» | "Malika" |
"Malika" |
Rahmat, Malika! |
defaultValue — maydon yaratilganda yoziladigan boshlang'ich qiymat. Keyin u maydonning o'ziniki: defaultValue ni o'zgartirsangiz ham, allaqachon yaratilgan maydon o'zgarmaydi. Checkbox va radio uchun — defaultChecked, select uchun ham defaultValue.
e.currentTarget — ishlovchi ulangan element, ya'ni
. e.target emas: ichki elementdan ko'tarilgan hodisada target boshqa bo'lishi mumkin (Hodisa tarqalishi).
Maslahat: Bo'sh boshlang'ich qiymat uchun
defaultValue=""yozish shart emas — atributsiz maydon ham bo'sh. Bu yerda u "bu maydon ataylab uncontrolled" degan belgi bo'lib turibdi.
2.2 FormData — butun forma bir martada
Ko'p maydon, ichida checkbox'lar guruhi:
import { useState } from "react";
function App() {
const [result, setResult] = useState("—");
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
const data = new FormData(e.currentTarget);
const order = {
...Object.fromEntries(data), // { name, table, extras }
extras: data.getAll("extras"), // bir nomli hammasi
setResult(JSON.stringify(order));
return (
Ism
Stol{" "}
<select name="table" defaultValue="7">
<option value="4">4</option>
<option value="7">7</option>
</select>
Non
Choy
Yuborish
{result}
}Ekranda:
Ism Stol 47NonChoyYuborish
{"name":"Bobur","table":"7","extras":["non","choy"]}Uch narsaga e'tibor bering:
Object.fromEntries(data)—FormDatadagi juftliklardan oddiy obyekt yasaydi (Obyekt bo'ylab yurish). Lekin bir nomli bir nechta qiymatdan faqat oxirgisini oladi.data.getAll("extras")— bir nomli hamma qiymatlar massivi. Checkbox guruhi uchun shu kerak.- Belgilanmagan checkbox
FormDataga umuman kirmaydi. Shuning uchungetAllbo'sh massiv qaytaradi,getesanull.
FormData dagi hamma qiymat — satr (fayl maydonidan tashqari). Stol raqami "7", son emas. Oldingi darsdagi number input qoidasi bu yerda ham: hisoblashdan oldin Number().
Tekshirib ko'ring: Formada
nameatributisiz maydon bor. UFormDataga kiradimi?
Javob
3. Brauzer validatsiyasi
3.1 required, pattern, min — tekin tekshiruv
Brauzer validatsiyasi darsidagi atributlar React'da ham ishlaydi. Maydon noto'g'ri bo'lsa, brauzer submit hodisasini umuman yubormaydi va maydon yonida o'z xabarini ko'rsatadi:
import { useState } from "react";
function App() {
const [sent, setSent] = useState(false);
return (
e.preventDefault();
setSent(true);
Yuborish
{sent ? "Yuborildi" : "Kutilmoqda"}
}Ekranda:
Telefon Yuborish
KutilmoqdaBo'sh required maydon — onSubmit chaqirilmadi. Chrome'da maydon yonida "Please fill out this field." (brauzer tiliga qarab o'zbekcha ham bo'lishi mumkin) qalqib chiqadi. Bu matnni brauzer yozadi, React emas.
3.2 O'z xabaringiz: noValidate va validity
Brauzer xabari dizaynga mos kelmasa yoki o'zbekcha bo'lishi kerak bo'lsa: formaga noValidate qo'yasiz (brauzer to'xtatmaydi, lekin atributlar tekshiruvi ishlayveradi) va natijani validity dan o'qiysiz:
import { useState } from "react";
function App() {
const [error, setError] = useState(null);
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
const phone = e.currentTarget.elements.namedItem("phone");
if (phone.validity.valueMissing) {
setError("Telefon raqamini kiriting");
} else if (phone.validity.patternMismatch) {
setError("9 ta raqam, bo'sh joysiz: 901234567");
} else {
setError(null);
return (
Telefon{" "}
Yuborish
{error ?? "Hammasi to'g'ri"}
}Ekranda:
Telefon Yuborish
9 ta raqam, bo'sh joysiz: 901234567validity — har maydonda bor obyekt: valueMissing (bo'sh required), patternMismatch, rangeUnderflow (min dan kichik), typeMismatch (type="email" ga email emas) va boshqalar. elements.namedItem("phone") — formadagi name="phone" maydon. vazifalar dagi yangi vazifa formasi aynan noValidate bilan: xato matnini forma o'zi chiqaradi.
Diqqat: Brauzer tekshiruvi — faqat qulaylik. Hujumchi DevTools'da
requiredni o'chirib yoki so'rovni to'g'ridan-to'g'ri yuborib uni chetlab o'tadi. Haqiqiy tekshiruv serverda bo'lishi shart (Forma xavfsizligi).
4. React 19: form action
4.1
React 19 da
ning action atributiga funksiya berish mumkin. React yuborishni o'zi ushlaydi (preventDefault shart emas) va funksiyaga tayyor FormData ni beradi:
import { useState } from "react";
function App() {
const [dishes, setDishes] = useState(["Osh"]);
function addDish(formData) {
setDishes([...dishes, formData.get("dish")]);
return (
Taom
Qo'shish
Menyu: {dishes.join(", ")}
}Ekranda:
Taom Qo'shish
Menyu: Osh, MantionSubmit bilan solishtiring: e.preventDefault() yo'q, new FormData(e.currentTarget) yo'q — React ikkalasini qildi. Yana bir farq ko'zga ko'rinmaydi: action tugagach, React formadagi uncontrolled maydonlarni tozaladi. "Manti" yozilgan maydon endi bo'sh — keyingi taomni yozishga tayyor. Ko'p hollarda aynan shu kerak.
Action funksiyasi async ham bo'lishi mumkin (serverga fetch). React uni transition ichida bajaradi — bu "shoshilinch emas" yangilanish. Tafsiloti — Actions darsida.
4.2 useActionState — natija va kutish holati
Haqiqiy forma serverga ketadi: kutish vaqti bor, javob muvaffaqiyat yoki xato. Bularni boshqarish uchun React 19 da useActionState hook'i:
const [state, formAction, isPending] =
useActionState(action, initialState);action(prevState, formData)— sizning funksiyangiz. U yangi state'ni qaytaradi (masalan,{ error: "…" }).initialState— birinchi renderdagistate.state— action oxirgi marta qaytargan qiymat.formAction—
ga beriladigan o'ralgan funksiya.isPending— action bajarilayotganmi.
Bron so'rovi, server o'rniga 300 ms kutish bilan:
import { useActionState } from "react";
async function book(prevState, formData) {
await new Promise((r) => setTimeout(r, 300)); // "server"
const name = formData.get("name").trim();
if (name === "") return { error: "Ism kerak", ok: null };
return { error: null, ok: `${name}, stol bron qilindi!` };
function App() {
const [state, formAction, isPending] = useActionState(book, {
error: null,
ok: null,
return (
Ism
Bron qilish
{isPending &&
Yuborilmoqda…
{state.error &&
{state.error}
{state.ok &&
{state.ok}
}Ekranda:
Ism Bron qilish
Yuborilmoqda…Tugma bosilgandan 60 ms keyin — action hali tugamagan: isPending true. Shu blok kut(400) bilan:
import { useActionState } from "react";
async function book(prevState, formData) {
await new Promise((r) => setTimeout(r, 300)); // "server"
const name = formData.get("name").trim();
if (name === "") return { error: "Ism kerak", ok: null };
return { error: null, ok: `${name}, stol bron qilindi!` };
function App() {
const [state, formAction, isPending] = useActionState(book, {
error: null,
ok: null,
return (
Ism
Bron qilish
{isPending &&
Yuborilmoqda…
{state.error &&
{state.error}
{state.ok &&
{state.ok}
}Ekranda:
Ism Bron qilish
Malika, stol bron qilindi!| Qadam | isPending |
state |
Ekranda |
| boshida | false |
{ error: null, ok: null } |
forma |
| bosildi | true |
o'sha | Yuborilmoqda… (tugma bloklangan) |
| 300 ms dan keyin | false |
{ ok: "Malika, …" } |
Malika, stol bron qilindi! |
Bitta hook uchta state'ning o'rnini bosdi: natija, xato va "kutilmoqda". State strukturasi darsida qo'lda yozgan status ning tayyor shakli. Tugmaning disabled={isPending} — ikki marta bosishdan himoya. Ichki tugma komponentida isPending ni olish uchun useFormStatus bor (react-dom dan) — useActionState va useFormStatus darsida.
5. Tuzoq: action'dan keyin forma o'zi tozalanadi
5.1 Xato bo'lsa ham
Endi tekshiruv xato topgan holat. Mehmon ismni juda qisqa yozdi:
import { useActionState } from "react";
function check(prevState, formData) {
const name = formData.get("name");
if (name.length < 3) return { error: "Kamida 3 harf" };
return { error: null };
function App() {
const [state, formAction] = useActionState(check, { error: null });
function showField() {
const field = document.querySelector("[name=name]");
console.log("Maydonda:", JSON.stringify(field.value));
return (
Ism
Yuborish
{state.error ?? "—"}
Maydon?
}Konsolda:
Maydonda: ""Ekranda:
Ism Yuborish
Kamida 3 harf
Maydon?Xato ko'rsatildi — lekin "Al" yo'qoldi. React action tugaganini ko'rdi va formani tozaladi. U natija "muvaffaqiyat"mi yoki "xato"mi — bilmaydi. Uzun izoh yozgan mehmon hammasini qaytadan yozishi kerak. Malika uchun bu yanada og'ir: ekran o'quvchi bilan maydonni qayta topish va yozish.
5.2 Yechim: qiymatni state orqali qaytarish
Action yozilgan qiymatni ham qaytarsin, maydon esa uni defaultValue sifatida olsin:
import { useActionState } from "react";
function check(prevState, formData) {
const name = formData.get("name");
if (name.length < 3) return { error: "Kamida 3 harf", name };
return { error: null, name: "" };
function App() {
const [state, formAction] = useActionState(check, {
error: null,
name: "",
function showField() {
const field = document.querySelector("[name=name]");
console.log("Maydonda:", JSON.stringify(field.value));
return (
Ism
Yuborish
{state.error ?? "—"}
Maydon?
}Konsolda:
Maydonda: "Al"Ekranda:
Ism Yuborish
Kamida 3 harf
Maydon?Tozalash baribir bo'ldi, lekin maydon "boshlang'ich qiymat" ga qaytadi — defaultValue esa endi state.name, ya'ni "Al". Bu ishlaydi, lekin har maydonni state'da qaytarish kerak — uncontrolled formaning soddaligi yo'qola boshlaydi.
5.3 form.reset() va defaultValue
Action'siz formada tozalashning eski yo'li — form.reset(). U maydonlarni boshlang'ich qiymatga qaytaradi. React defaultValue ni HTML value atributiga yozadi — brauzer uchun aynan u "boshlang'ich qiymat". Agar defaultValue bo'sh bo'lmasa:
function App() {
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
e.currentTarget.reset(); // "qo'shildi — tozalaymiz"
function showField() {
const field = document.querySelector("[name=matn]");
console.log("Maydonda:", JSON.stringify(field.value));
return (
Vazifa
Qo'shish
Maydon?
}Konsolda:
Maydonda: "Qoralama matni"reset() maydonni bo'shatmadi — defaultValue ga qaytardi. Bu HTML'ning to'g'ri xulqi, lekin "tozaladim" deb o'ylagan dasturchi uchun kutilmagan.
6.1 O'lchov
vazifalar dagi yangi vazifa formasining ikki xususiyati bor:
- Maydonning
defaultValuesi — qoralama: sahifa yangilansa, yozilayotgan matn tiklanadi (16-qismda qo'shilgan; matn yozish to'xtagach saqlanadi). - Tekshiruv xato topishi mumkin (bo'sh matn, takror vazifa, 200 belgidan uzun). Xato bo'lsa matn maydonda qolishi kerak — tuzatish uchun.
AssertionError: expected { actionKordi: [ 'non OLISH' ], …(1) } to deeply equal { actionKordi: [ 'non OLISH' ], …(1) }
- Expected
+ Received
"actionKordi": [
"non OLISH",
- "maydonda": "non OLISH",
+ "maydonda": "",
}"Kutilgan: maydonda non OLISH qoladi. Olingan: bo'sh satr." Action matnni ko'rdi, lekin forma tozalandi — «Xato bo'lsa ham» bo'limidagi tuzoq.
Ikkinchisi — onSubmit va muvaffaqiyatda form.reset(). Bu yerda ham - va + qatorlarini solishtiring:
AssertionError: expected [ 'Qoralama matni', 'Qoralama matni' ] to deeply equal [ 'Qoralama matni', '' ]
- Expected
+ Received
"Qoralama matni",
+ "Qoralama matni",
]Birinchi element — value atributi (React defaultValue ni yozgan), ikkinchisi — reset() dan keyingi qiymat. Vazifa qo'shildi, lekin maydonda eski qoralama qaytib keldi.
6.2 Kanondagi yechim
YangiVazifaForma.tsx (kanondan, qisqartirilgan):
// Uncontrolled + FormData (17/#19): qiymat har harfda emas, yuborilganda
// kerak — formadan name="matn" bo'yicha o'qiladi.
// emas: React action'dan keyin formani O'ZI tozalaydi — tekshiruv
// xato topsa ham, va matn yo'qoladi (o'lchandi, 19-form-action.txt)
function yuborildi(event: FormEvent<HTMLFormElement>) {
event.preventDefault(); // sahifa qayta yuklanmasin
const maydon = maydonniOl(event.currentTarget);
const matn = new FormData(event.currentTarget).get("matn");
if (maydon === null || typeof matn !== "string") {
return;
const natija = onQosh(matn.trim());
switch (natija.tur) {
case "xato":
setXato(natija.xabar);
maydon.focus();
return;
case "saqlanmadi":
return; // e'lonni asosiy.ts qildi, matn maydonda qoladi
case "qoshildi":
setXato(null);
setTakliflar([]);
// form.reset() EMAS: React defaultValue ni value atributiga
// yozadi va reset() qoralamani qaytarardi (o'lchandi)
maydon.value = "";
return;onSubmit+preventDefault— forma faqat biz xohlaganda tozalanadi.FormData(...).get("matn")— turiFormDataEntryValue | null(satr yokiFile), shuning uchuntypeof matn !== "string"tekshiruvi (Narrowing).- Xato bo'lsa — matn joyida, fokus maydonga.
- Muvaffaqiyatda —
maydon.value = "": aynan bitta maydonni bo'shatish,reset()emas.
Form action — yaxshi vosita, lekin u "har yuborishdan keyin forma yangidan boshlanadi" degan farazga qurilgan. Bizning formada bu faraz to'g'ri emas. Action'lar server bilan ishlaganda (Next.js Server Actions, 23-qism) ayniqsa qulay. U yerda xato holatida qiymatni qaytarish — «Yechim: qiymatni state orqali qaytarish» bo'limidagi usul. React'da formani qo'lda tozalatish uchun react-dom dagi requestFormReset(form) ham bor — Actions darsida.
flowchart TD
S["Forma yuborildi"] --> Q{"Qiymat har harfda kerakmi?"}
Q -- "ha: tekshiruv, format" --> C["Controlled: value + onChange"]
Q -- "yo'q" --> X{"Xatoda matn qolishi kerakmi?"}
X -- "yo'q yoki serverda" --> A["form action + useActionState"]
X -- "ha, oddiy forma" --> F["onSubmit + FormData"]7. Vazifalar qadami: FormData, eksport va import React'da
7.1 Yangi vazifa — FormData
Oldingi darsda ochilgan refactor/formalar branch'ida davom etamiz. YangiVazifaForma dagi maydon uncontrolled qoladi, lekin qiymat endi FormData dan:
- const matn = kiritma.value.trim(); // tahrirMaydoni() — DOM'dan
+ const [matn, setMatn] = useState(vazifa.matn); // TahrirQatori state'i
+ const matn = new FormData(event.currentTarget).get("matn"); // yangi vazifa, importBu — bitta fayl diff'i emas, uch fayldagi asosiy qatorlarning qisqa xulosasi. Unda ikki formalar darsi birga: controlled tahrir (Formalar I) va FormData (bugun).
7.2 Import — uncontrolled textarea
Eksport va import hali index.html da vanilla edi. Endi ular komponent. Import.tsx dagi forma (kanondan):
// FormData (17/#19): formadagi name="paket" maydon qiymati
function matndan(event: FormEvent<HTMLFormElement>) {
event.preventDefault();
const matn = new FormData(event.currentTarget).get("paket");
importQil(typeof matn === "string" ? matn : "", "matn");
Eksport qilingan JSON matni
<textarea
id="import-matn"
name="paket"
rows={6}
aria-invalid={xato?.manba === "matn" ? true : undefined}
/>Import matni bir necha kilobayt bo'lishi mumkin — har harfda state yangilash ma'nosiz. Fayl maydoni () esa React'da har doim uncontrolled: xavfsizlik sababli uning qiymatini JavaScript yoza olmaydi (faqat bo'shatish mumkin). Kanonda shunday:
// O'sha faylni qayta tanlash ham change hodisasini bersin
event.currentTarget.value = "";Sudrab tashlashda fayl zona ustidami — ustida state'i, className esa undan hisoblanadi. Brauzer tekshiruvida (e2e ssenariy — sahifani foydalanuvchi kabi bosib chiqadigan skript) bitta o'zgarish shu yerdan chiqdi. Endi class="ustida" React state'idan keladi va hodisa tugagach chiziladi — ssenariy uni o'qishdan oldin 50 ms kutadi. 159 tekshiruvning soni va matni o'zgarmadi.
7.3 Eksport — controlled, lekin faqat o'qish uchun
<textarea id="eksport-matn" rows={6} readOnly value={json} />value + readOnly — Formalar I dagi ogohlantirishning uchinchi yo'li: maydon faqat ko'rsatadi. JSON matni useState da, tugma bosilganda yangilanadi.
7.4 Tekshiruv va commit
npm run build && npm test && npm run lint && npm run tipKanon natijalari: node:test — 149, Vitest — 22 (yangi EksportImport.test.tsx), brauzer — 159/159. Diff (holat 16 → 19, ikki dars birga): 12 fayl, +337 −165. index.html dan eksport va import bloklari olib tashlandi — App ga <Eksport /> va <Import /> qo'shildi.
refactor: controlled tahrir, FormData, eksport/import React'daBody: "TahrirQatori — useState(vazifa.matn) (fon yangilanganda matn state'da qoladi; fondaChiz qoralama tiklashi olib tashlandi). Yangi vazifa va import — FormData. Eksport, Import komponentlari (drag — ustida state)." PR'ni birlashtiring.
8. Ko'p uchraydigan xatolar
| Belgi | Sabab | Davosi |
maydon FormData da yo'q |
name atributi yo'q |
name qo'shing |
| sahifa qayta yuklanadi | onSubmit da preventDefault yo'q |
e.preventDefault() yoki action={fn} |
| checkbox'lardan bittasi keldi | Object.fromEntries oxirgisini oladi |
getAll("nom") |
"7" + 1 = "71" |
FormData qiymati — satr |
Number() |
| action'dan keyin xato bo'lsa ham matn yo'qoldi | React formani o'zi tozalaydi | qiymatni state'da qaytaring yoki onSubmit |
reset() dan keyin eski matn |
reset() defaultValue ga qaytaradi |
kerakli maydonni value = "" |
defaultValue o'zgardi, maydon o'zgarmadi |
u faqat boshlang'ich qiymat | key bilan qayta yarating (State'ning saqlanishi) |
9. Mashqlar
Mashqlar kurs/mashqlar/17/19-uncontrolled-formalar/ da.
1-mashq (oson): FormData natijasi
data.get("name"):data.getAll("extra")dagi elementlar soni:data.get("note"):
Yechim
get("name") — "Ali". Belgilanmagan checkbox kirmaydi — getAll("extra") → ["non"], bitta. disabled maydon ham FormData ga kirmaydi — get("note") → null.
2-mashq (o'rta): "Fikr bildiring" formasi
Uncontrolled forma: ism (required), baho (select: 1–5, sukut bo'yicha 5), izoh (textarea). onSubmit + FormData. Yuborilgach pastda: "Ali: — Juda mazali" (baho nechta bo'lsa, shuncha yulduz; izoh bo'sh bo'lsa — faqat "Ali: "). Baho son bo'lsin (Number), ★ — baho soniga teng marta takrorlansin ("★".repeat(n), satr metodlari). Hech qanday maydon state'ga bog'lanmasin — state faqat natija uchun.
Yechim
import { useState } from "react";
function App() {
const [review, setReview] = useState(null);
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
const data = new FormData(e.currentTarget);
const stars = Number(data.get("stars"));
const note = data.get("note").trim();
const text = `${data.get("name")}: ${"★".repeat(stars)}`;
setReview(note === "" ? text : `${text} — ${note}`);
return (
<select name="stars" defaultValue="5" aria-label="Baho">
{[1, 2, 3, 4, 5].map((n) => (
<option key={n} value={n}>
{n}
</option>
</select>
Izoh <textarea name="note" />
Yuborish
{review &&
{review}
}Ekranda:
Ism 12345Izoh Yuborish
Ali: ★★★★★ — Zo'rMaydonlar uncontrolled — yozish paytida render yo'q. select ning defaultValue="5", <option selected> emas. Bu safar textarea ga yozilgan matn ekran natijasida yo'q: React unga tegmagan. Oldingi darsdagi controlled textarea da esa React har o'zgarishda matnni element ichiga ham yozadi — shuning uchun u ko'ringan edi.
3-mashq (qiyin): Bron — useActionState bilan, matn yo'qolmasin
useActionState bilan bron formasi: ism va mehmonlar soni. Action (async, 200 ms "server"): ism bo'sh bo'lsa — "Ism kerak"; soni 1–12 oralig'ida bo'lmasa — "1 dan 12 gacha". Xato bo'lsa, ikkala maydondagi qiymat yo'qolmasin («Yechim: qiymatni state orqali qaytarish» bo'limidagi usul). Muvaffaqiyatda: "Malika, 4 kishi — bron qilindi" va forma bo'sh. Kutish paytida tugma bloklangan.
Yechim
import { useActionState } from "react";
const EMPTY = { error: null, done: null, name: "", guests: "" };
async function book(prev, formData) {
await new Promise((r) => setTimeout(r, 200));
const name = formData.get("name").trim();
const guests = formData.get("guests");
const n = Number(guests);
const values = { done: null, name, guests };
if (name === "") return { ...values, error: "Ism kerak" };
if (!Number.isInteger(n) || n < 1 || n > 12) {
return { ...values, error: "1 dan 12 gacha" };
return { ...EMPTY, done: `${name}, ${n} kishi — bron qilindi` };
function App() {
const [state, formAction, isPending] = useActionState(book, EMPTY);
return (
Ism
Soni{" "}
Bron
{isPending
? "Yuborilmoqda…"
: (state.error ?? state.done ?? "")}
}Ekranda:
Ism Soni Bron
1 dan 12 gachaXato bo'ldi, lekin "Malika" va "0" maydonlarda qoladi: React formani tozaladi, maydonlar esa yangi defaultValue (state.name, state.guests) ga qaytdi. "0" ni "4" ga tuzatib, qayta yuborsangiz — "Malika, 4 kishi — bron qilindi" va maydonlar bo'sh (EMPTY). Tekshiruv uchun alohida test: shu harakat oxirida maydon qiymatini konsolga chiqarib ko'ring.
4-mashq: Vazifalar qadami
refactor/formalar branch'ida «Vazifalar qadami» dagi o'zgarishlarni kiriting: YangiVazifaForma.tsx (FormData), Import.tsx, Eksport.tsx (yangi), App.tsx ga ikkalasi, index.html dan eksport/import bloklari, asosiy.ts dagi importQil(matn): string | null. Keyin tekshiruvlar, commit va PR.
Yechim
npm run tip:get("matn")ning turiFormDataEntryValue | null—typeof … !== "string"tekshiruvisiz.trim()TS2339beradi (Filedatrimyo'q).- Brauzerda: bo'sh vazifa qo'shing — xato chiqadi, maydonga yozilgan bo'shliqlar ham joyida. To'g'ri vazifa — maydon bo'sh, sahifani yangilang — qoralama ham bo'sh.
- Import'ga buzuq JSON tashlang — xato matni chiqadi, textarea'dagi matn qoladi (uncontrolled, React unga tegmaydi).
npm test— node 149, Vitest 22.
Yakuniy kod — refactor: controlled tahrir, FormData, eksport/import React'da commit'i.
10. Real ishda
- Ko'p formalar uncontrolled — login, ro'yxatdan o'tish, "biz bilan bog'laning". React Hook Form (RHF I) aynan uncontrolled maydonlar va
nameustiga qurilgan — shuning uchun tez. - Form action'lar — Next.js va React Server Components dunyosida asosiy yo'l (23-qism):
actionserverdagi funksiya bo'lishi mumkin. Xatoda qiymatni qaytarish — o'sha yerda ham kerak bo'ladigan usul. - Progressive enhancement: oddiy HTML forma JavaScript yuklanmasdan ham ishlaydi. Server actions bilan React formasi ham shunday ishlay oladi — uncontrolled +
namebunga asos. - Intervyu savollari: "Uncontrolled input qachon afzal?", "
FormDatadan obyekt qanday olinadi va nimasi yo'qoladi?", "React 19 form action nima qiladi?", "useActionStatenimani qaytaradi?".
Xulosa
- Uncontrolled maydon: qiymat DOM'da, React faqat
defaultValue/defaultCheckedberadi;name— manzil. new FormData(form)— butun forma;Object.fromEntries— obyekt,getAll— bir nomlilar; hammasi satr.- Brauzer validatsiyasi ishlaydi; o'z xabaringiz uchun
noValidate+validity. Server tekshiruvi baribir shart.
—FormDatani o'zi beradi;useActionState—[state, formAction, isPending].- Action'dan keyin React formani tozalaydi, xatoda ham;
reset()esadefaultValuega qaytaradi — ikkalasi o'lchangan. vazifalar: yangi vazifa va import —onSubmit+FormData, tahrir — controlled, eksport —readOnly.
Keyingi dars: React DevTools bilan ishlash — komponent daraxti, props, state va hooklarni brauzerda ko'rish va o'zgartirish.
Manbalar
- React:
(action) — react.dev/reference/react-dom/components/form - React:
useActionState— react.dev/reference/react/useActionState - React blog: "React v19" (2024-12-05) — Actions,
useActionState— react.dev/blog - MDN:
FormData,ValidityState— developer.mozilla.org
Izohlar (0)
Izoh yozish uchun kiring.
- Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling!