IlmHamroh

Ingliz tili

Lugʻatingiz qancha?

3 daqiqada ingliz tilida taxminan nechta soʻz bilishingizni va CEFR darajangizni aniqlang. Natijaga qarab — qaysi darsdan davom etish kerak.

Qoidalar

  • 3 daqiqa. Ekranda inglizcha soʻz chiqadi — maʼnosini bilsangiz «Bilaman», bilmasangiz «Bilmayman».
  • Baʼzan «Bilaman» degan soʻzingiz maʼnosini toʻrtta variantdan tanlash soʻraladi.
  • Roʻyxatda mavjud boʻlmagan soxta soʻzlar ham bor — ularni «bilaman» desangiz, natija pasayadi.

Test qanday ishlaydi

Bu — «Ha/Yoʻq» lugʻat testi: har darajadan (A1–C2) tasodifiy soʻzlar va mavjud boʻlmagan soxta soʻzlar aralashtirib beriladi. Soxta soʻzga «bilaman» deyilgan ulush har daraja natijasidan chiqarib tashlanadi, baʼzi soʻzlarning maʼnosi esa toʻgʻridan-toʻgʻri tekshiriladi.

Lugʻat hajmi — IlmHamroh ingliz tili lugʻatidagi eng muhim ~6 650 birlikdan nechtasini bilishingiz. CEFR daraja — shu daraja soʻzlarining kamida 60% ini (pastki darajalar bilan birga) bilganingiz.

  • A1 ~600
  • A2 ~900
  • B1 ~1 200
  • B2 ~1 800
  • C1 ~1 500
  • C2 ~650

Manba: soʻzlar va darajalar — IlmHamroh ingliz tili lugʻati (Cambridge English Vocabulary Profile va Oxford 3000/5000 asosida). Usul: Meara va Buxton (1987), «Ha/Yoʻq» lugʻat testi.

Chuqur oʻrganing