Xizmat
- IlmHamroh — o'zbek tilidagi o'quv platformasi: darslar, mashqlar, imtihon mocklari va AI hamroh.
- Asosiy imkoniyatlar bepul. Pullik imkoniyat paydo bo'lsa, oldindan aniq e'lon qilinadi.
Akkauntingiz
- Bitta odam — bitta hisob. Parolingizni boshqalarga bermang.
- Boshqalarni haqorat qiladigan izoh, spam yoki tizimni buzishga urinish hisobni bloklashga sabab bo'ladi.
Ma'lumotlaringiz
- Saqlanadi: ism, email yoki telefon, o'qish progressi, saqlangan darslar, eslatmalar va test natijalari.
- Ular faqat platforma ishlashi uchun ishlatiladi va hech kimga sotilmaydi.
- Sayt qanday ishlatilayotganini tushunish uchun tashrif statistikasi (Google Analytics) yig'iladi.
- Akkauntingizni o'chirmoqchi bo'lsangiz — "Loyiha haqida" sahifasidagi aloqa orqali yozing.
Darslar va materiallar
- Darslarni o'qish va shaxsiy foydalanish erkin. Ularni boshqa joyda to'liq tarqatish yoki sotish mumkin emas.
- AI hamroh javoblari yordamchi xarakterda — muhim qarorlarda darsning o'zini tekshiring.
Mualliflik qoidalari batafsil: Mualliflik huquqi