IlmHamroh

Kasb testi

Frontend dasturchi

Frontend dasturchi foydalanuvchi koʻradigan va bosadigan hamma narsani quradi: sahifalar, tugmalar, formalar, animatsiyalar. Dizayn maketini brauzerda tez va qulay ishlaydigan interfeysga aylantiradi.

Bu yoʻnalish sizga qanchalik mos? 11 ta savollik testni topshiring.

Testni boshlash

Nima bilan shugʻullanadi

  • Figma maketidan moslashuvchan (telefon va kompyuter) sahifa yasash
  • React komponentlari, holat va formalar bilan ishlash
  • Sahifa tezligi, qulaylik (accessibility) va brauzerlar mosligi

Oʻzbekistonda maosh

Maʼlumot yoʻq

Bu rol boʻyicha Oʻzbekistonda metodologiyasi ochiq, yangi maosh tadqiqoti topilmadi. Manbasiz raqam yozmaymiz.

Yagona rasmiy kontekst: 19,67 mln soʻm — “Kompyuter dasturlash” sohasidagi oʻrtacha oylik nominal ish haqi, 2025-yil (soliqdan oldin; junior, senior va rahbarlar birga). Manba: Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi; kun.uz va spot.uz, 2026-01-26. Bozorni oʻzingiz qanday oʻlchash — darsda

Yoʻl xaritasi

  1. 1Veb poydevoriHTML va CSS: sahifa tuzilishi, layout, moslashuvchan dizayn.
  2. 2JavaScriptTil asoslari, DOM, asinxron kod va Git bilan ishlash.
  3. 3TypeScript va ReactKomponentlar, holat, routing va server bilan ishlash.
  4. 4Next.js va testSEO, server rendering, testlar — ishga tayyor daraja.
  5. 5Portfolio va ish2–3 ta tugallangan loyiha, rezyume va intervyuga tayyorgarlik.

IlmHamrohʼdagi darslar ketma-ketligi

  1. 14-qism. HTMLJavaScript Full-stack
  2. 25-qism. CSS asoslari va layoutJavaScript Full-stack
  3. 38-qism. JavaScript asoslariJavaScript Full-stack
  4. 47-qism. Git va GitHubJavaScript Full-stack
  5. 515-qism. TypeScriptJavaScript Full-stack
  6. 617-qism. React asoslariJavaScript Full-stack
  7. 723-qism. Next.jsJavaScript Full-stack
  8. 822-qism. Frontend testlashJavaScript Full-stack
  9. 939-qism. Karyera, intervyu va ishJavaScript Full-stack
  10. 10Hujjat va texnik matn oʻqish uchun ingliz tiliIngliz tili

Chuqur oʻrganing