Kasb testi
DevOps muhandis
DevOps muhandis kod yozilgandan keyingi hamma narsani avtomatlashtiradi: server, konteyner, CI/CD, monitoring va xavfsizlik. Maqsad — ilova tez, xavfsiz va toʻxtamasdan ishlashi.
Bu yoʻnalish sizga qanchalik mos? 11 ta savollik testni topshiring.
Testni boshlashNima bilan shugʻullanadi
- Linux serverlar va Docker konteynerlarini boshqarish
- CI/CD: kodni avtomatik tekshirish va chiqarish
- Monitoring, loglar, zaxira nusxa va xavfsizlik
Oʻzbekistonda maosh
Maʼlumot yoʻq
Bu rol boʻyicha Oʻzbekistonda metodologiyasi ochiq, yangi maosh tadqiqoti topilmadi. Manbasiz raqam yozmaymiz.
Yagona rasmiy kontekst: 19,67 mln soʻm — “Kompyuter dasturlash” sohasidagi oʻrtacha oylik nominal ish haqi, 2025-yil (soliqdan oldin; junior, senior va rahbarlar birga). Manba: Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi; kun.uz va spot.uz, 2026-01-26. Bozorni oʻzingiz qanday oʻlchash — darsda
Yoʻl xaritasi
- 1Kompyuter va terminalFayl tizimi, buyruqlar qatori, tarmoq asoslari.
- 2Git va skriptGit, Bash va bitta dasturlash tili (Python yoki JavaScript).
- 3Linux va DockerServer, konteyner, nginx.
- 4CI/CD va bulutPipeline, monitoring, bulut xizmatlari.
- 5Xavfsizlik va miqyosXavfsiz sozlash, zaxira, yuklama.
IlmHamrohʼdagi darslar ketma-ketligi
- 11-qism. Kompyuter, fayllar va terminalJavaScript Full-stack
- 27-qism. Git va GitHubJavaScript Full-stack
- 333-qism. Linux, server, DockerJavaScript Full-stack
- 434-qism. CI/CD, monitoring, bulutJavaScript Full-stack
- 528-qism. InfratuzilmaPython
- 635-qism. XavfsizlikJavaScript Full-stack
- 7Hujjat va texnik matn oʻqish uchun ingliz tiliIngliz tili